Biz quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatamiz

Har doim uyingizni toza saqlashda yordam beramiz va imkon boricha ma’qul narxlarda xizmat ko‘rsatamiz.


Qanday ishlaymiz:

Barcha ishlar texnolog nazorati ostida — havfsiz va maksimal natijali amalga oshiriladi. Tozalash uchun eng yaxshi va havfsiz kimyoviy vositalar maxsus biz uchun Turkiyaning WEIBERR kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.

Ishlar korxonamizning maxsus jihozlangan binosi yoki eng zamonaviy uskunalar bilan uyingizda amalga oshiriladi.

Tozalash ishlarimizda dengiz shamoli, limon, atirgul, jasmin va lavanda kabi ifroli parfyumeriya vositalaridan foydalanamiz.

 Buyurtma qilish

Biz haqimizda

Stirka Express jamoasi gilam va boshqa uy jihozlaringiz xuddi yangidek ko‘rinishga qaytishi uchun xizmat ko‘rsatadi

Biz doimo o‘z ustimizda ishlashga, innovatsion tozalash ishlari bo‘yicha jahon tajribasini amaliyotda qo‘llashga, xorijiy mutaxassislar bilan hamisha birgalikda ish olib borishga harakat qilamiz.

Germaniyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyalar yordamida faoliyat yuritamiz.

Innovatsion tozalash ishlarimizda Turkiyaning mashhur WEIBERR mahsulotlaridan foydalaniladi va uzoq vaqt davomida buyumlaringizdan xushbo‘y ifor taralib turishini ta’minlanadi.

Bundan tashqari, mazkur tozalash vositalari antebakterial xususiyatga ham ega, ya’ni eng chuqur qatlamlardagi zararli allergenlarni ham bartaraf etadi.

Sizni quvontirishning turli usullarini o‘ylab topishdan charchamaydigan Stirka Express jamoasi tez-tez turli aksiyalar o‘tkazib turadi.

Biz hech bir bayramni quruq o‘tkazgimiz kelmaydi va har doim mijozlarimiz uchun chegirmalar berishga tayyormiz.

Buning uchun saytimizda ham alohida “Chegirmalar” ruknini tashkil qilganmiz

Prays-list

Xizmat turi O‘lcham Vaqti Narxi
Gilam va kovrolan yuvish 1 m² 12-72 soat 7500 - 12 500 so‘m
Yumshoq va ofis mebel tozalash 1 o‘/j 2-4 soat 40-60 ming so‘m
Matraslarni yuvish va tozalash 1-2 kishilik 2-3 soat 200-350 ming so‘m
Yostiq va yoping‘ichlarni yuvish 1 dona 1-2 kun 25-50 ming so‘m
Avtomobil salonini tozalash Dona 1-3 soat 200-500 ming so‘m